SELLMATE

Ombordagi amaliy tajribadan – Sizning ishonchli hamkoringizgacha

SELLMATE’ning O‘zbekiston marketpleyslaridagi tarixi

Halollik — faoliyatimiz asosi

Biz Siz foydalanmaydigan xizmatlar uchun ortiqcha to‘lovlar bo‘lmagan servis yaratishni maqsad qilganmiz

Faqat kerakli xizmatlar

Biz Sizga keraksiz bo‘lgan xizmatlarni taklif qilmaymiz

To‘liq shaffoflik

Biz barcha to‘lov-hisoblarining shaffofligini ta’minlaganmiz

Nima uchun to‘layotganingizni bilasiz

Siz har doim aynan nima uchun to‘layotganingizni bilasiz — hech qanday yashirin komissiyalarsiz

Narxlar raqobatchilardan arzonroq

Bizning narxlarimiz raqobatchilarnikiga qaraganda prinsipial jihatdan arzonroq

Sotuvchilar qanday qiyinchiliklarga duch kelishadi?

O‘zbekiston marketpleyslarida do‘kon ochish va uni rivojlantirish...

Vaqt yetishmasligi

Asosiy ish yoki boshqa biznes-vazifalar bor kuchingizni olib qo‘yadi...

Savdo hajmining o‘sishi

Biznesingiz o‘sdi va uydagi "ombor" endi bunday hajmni eplay olmayapti...

Ekspert bilimlarining yetishmasligi

Marketpleyslar qoidalari doimiy o‘zgarib turadi, kontentga bo‘lgan talablar esa ortib boradi...

Aynan mana shu muammolarni biz o‘z boshimizdan o‘tkazganmiz...

Bizning yo‘limiz: Oddiy ombor ishchisidan ekspertlargacha

Amaliy tajriba — ekspertizaning poydevori

Omborda o‘z qo‘llarimiz bilan ishlashdan boshlab biznesni strategik boshqarishgacha — har bir bosqich biz mijozlarimiz uchun qo‘llaydigan bebaho tajriba berdi.

Sherdor Inoyatov

SELLMATE asoschisi va CEO

2021-yildan beri — Moskvada ombor xodimi sifatida marketpleyslar dunyosiga sho‘ng‘idi. Har kuni minglab tovarlarni yetakchi Rossiya platformalari uchun o‘z qo‘llari bilan yig‘di, qadoqladi, markirovkadan o‘tkazdi va jo‘natishga tayyorladi.

Karyeraviy o‘sish: Ombor xodimligidan ombor boshlig‘igacha ko‘tarildi, jamoani boshqardi va kuniga 300 tagacha buyurtmani (1000 dan ortiq tovar birligi) uzluksiz jo‘natishni ta’minladi.

Lider 3D: Rossiyaning 3D-uskunalari savdosi bo‘yicha top-1 kompaniyasida marketpleyslar menejeri bo‘lib, barcha asosiy platformalarda do‘konlarni kompleks yuritish uchun mas’ul edi.

Qo‘shimcha ta’lim: TEKHNIKUM maktabida Uzum Market’da samarali savdo qilish bo‘yicha o‘quv kursini tamomladi.

SELLMATE’ning tashkil topishi va bizning jamoa

To‘plangan tajriba bilan O‘zbekistonga qaytib, mijozlar soni shunchalik o‘sdiki, kengaytirish talab qilindi. Professional jamoa yaratish kerak edi.

Aleksey Xvan

Kreativ direktor

Bizning kreativ dvigatelimiz — sotuvlarni oshiruvchi infografika va kanallarimizdagi kontent uchun mas’ul

Sergey Yugay

Operatsion direktor

Kompaniyaning barcha operatsion faoliyatini boshqaradi — ombor logistikasidan tortib, yetkazib berishni muvofiqlashtirish va uzluksiz ishlashni ta’minlashgacha

Aleksandr Ligay

Moliya direktori

Kompaniyaning moliyaviy va yuridik tayanchi — buxgalter, yurist va moliya direktori

Sherdor Inoyatov

CEO va strateg

Do‘konlarni yuritish strategiyasi va mijozlar bazasini rivojlantirish uchun mas’ulman

Bizning Missiyamiz

Biz Sizni operatsion mashmashalardan xalos etishni istaymiz, eng ko‘p mehnat talab qiluvchi va ekspert bilimlarini talab etuvchi vazifalarni — saqlash va qadoqlashdan tortib, kontent yaratish va do‘konni to‘liq yuritishgacha — o‘z zimmamizga olamiz.

Shunday qilib, siz biznesingizni rivojlantirishga, xarid qilish va strategiyaga e’tibor qaratishingiz mumkin, marketpleyslardagi savdolaringiz ishonchli qo‘llarda ekanligini bilgan holda.

Biz sizning hamkoringiz, rivojlanishingizga yordam beramiz

SELLMATE Bugun

Faoliyatimiz davomida biz hayratlanarli natijalarga erishdik

300+

Sotuvchi kartochkalar

10+

Boshqaruvdagi do‘konlar

90 m²

Ombor maydonlari

2

Marketpleyslar

Hududlar

24/7

Qo‘llab-quvvatlash

Mashmashalarni bizga ishonib topshirishga va biz bilan birga o‘sishga tayyormisiz?

Marketpleyslardagi biznesingizni rivojlantirishda SELLMATE qanday yordam bera olishini muhokama qilish uchun biz bilan bog‘laning.

Biz bilan bog‘lanish

SELLMATE